• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan koʻrgazma bilan tanishdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori axborot texnologiyalari markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan kitoblar koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Rektor bu yerda institut olimlarining darslik va qoʻllanmalari, axborot-resurs markaziga “Maʼnaviyat karvoni” davomida yetkazib berilgan va professor-oʻqituvchilar tomonidan “Kitob sovgʻa qilaman” aksiyasi doirasida taqdim etilgan kitoblarni koʻzdan kechirdi.

Axborot-resurs markazi xodimlari bilan muloqot davomida “Kitobxonlik haftaligi” yuqori darajada tashkil etilganini eʼtirof etdi va jamoaga minnatdorlik bildirdi.

  • Share :