• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor talabalar turar-joyida qolib, yoshlarning yashash sharoiti bilan bevosita tanishdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Islom Karimov koʻchasidagi talabalar turar-joyida boʻlib, bugungi kechani shu manzilda oʻtkazdi.

Dastlab rektor prorektorlar va maslahatchilar hamrohligida talabalar oshxonasida boʻlib, yoshlar bilan kechki ovqat birga baham koʻrildi. Talabalar uchun dasturxon yozilib, palov tortildi.

Shundan soʻng qavatlardagi oshxonalar, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari, toʻgaraklar birma-bir koʻzdan kechirildi. Talabalar istiqomat qilayotgan xonalar yoʻqlanib, ular bilan samimiy muloqot qilindi.

Rektor talabalar turar-joylarini manzilli yoʻqlash doimiy tarzda amalga oshirilishini taʼkidladi.

  • Share :