• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor Toshkentdagi nufuzli anjumanda ishtirok etmoqda

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “Universitet boshqaruvi” loyihasi doirasidagi amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda Britaniya kengashi hamkorligidagi ushbu loyihada O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalari boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsad qilingan.

Loyiha konsul'tanti, OTM boshqaruvi masalalari bo‘yicha britaniyalik ekspert Jon Rashfortning xalqaro tajribadan foydalangan holda OTMlar boshqaruvini tartibga keltirish borasidagi chiqishlari tinglanmoqda.  

Ushbu nufuzli anjumanda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham ishtirok etmoqda.

  • Share :