• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor TTJda talaba-qizlar bilan uchrashdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev boshchiligidagi mutasaddilar 1-sonli talabalar turar-joyida boʻlib, bu yerda istiqomat qilayotgan qizlar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida talaba-qizlar rektorga qator taklif va talablar bildirildi. Jumladan, oshxonadagi sharoitlarni yanada yaxshilash, fan va sport toʻgaraklarini sonini koʻpaytirish, taniqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkillash boʻyicha murojaatlar tinglandi.

Talabalar tomonidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar diqqat bilan qabul qilindi va rektor koʻrsatmasiga asosan mutasaddilar tomonidan bajarishga kirishildi. 
 

  • Share :