• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor TTJda talaba-yigitlar bilan uchrashdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev boshchiligidagi mutasaddilar 1-sonli talabalar turar-joyida boʻlib, bu yerda istiqomat qilayotgan yigitlar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida talabalar rektorga qator taklif va talablar bildirildi. Jumladan, oshxonalardagi sharoitlarni yaxshilash, maʼnaviyat va maʼrifat xonalariga eʼtiborni kuchaytirish, sport bilan shugʻullanish uchun imkoniyatlar yaratish, xususan, vorkautlar tashkil etish, qavatlar oʻrtasida futbol boʻyicha bahslarni oʻtkazish boʻyicha murojaatlar tinglandi.

Talabalar tomonidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalar yozib olindi va rektor koʻrsatmasiga asosan mutasaddilar tomonidan bajarishga kirishildi.

  • Share :