• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Vladivostok davlat universiteti chet el fuqarolarini tayyorlov kursi bo'limining o'qituvchisi tashrif buyurdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti O'zbek tili va    adabiyoti kafedrasiga Rossiyaning Vladivostok davlat universiteti chet el fuqarolarini tayyorlov kursi bo'limining o'qituvchisi Karyakina Svetlana Vladimirovna tashrif buyurdi.U institut O'quv ishlari bo'yicha prorektori Q.Inoyatov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Svetlana Vladimirovna Vladivostok davlat universiteti haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Shuningdek, u kafedra professor-o'qituvchilariga rus tilini chet tili sifatida o'qitishga doir    "Rus tilini chet tili sifatida o'qitishda innovatsion yondashuvlar"    mavzusida mahorat darsi o'tdi. Ushbu darsda kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar. Har ikki oliy o'quv yurtida amalga oshirilayotga ishlar yuzasidan fikr almashildi.Tashrif yakunida bunday hamkorlikni kelgusida tez-tez    amalga oshirib borish kelishib olindi.

  • Share :