• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Farg‘onada raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy konferentsiya o‘z ishini boshladi

Farg‘onadagi “Ishga marhamat” monomarkazida vodiyda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha  mintaqaviy konferentsiya o‘z ishini boshladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyiha doirasida IT Park Uzbekistan bilan birgalikda tashkil etilgan konferentsiyada vodiy viloyatlari bilan birga Qirg‘iziston va Tojikistonning chegaradosh hududlari tadbirkorlari ham ishtirok etmoqda.

BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mintaqaviy konferentsiyada Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi "InTech NamMQI" korxonasi rahbari Ahror Ismoilov ham qatnashmoqda.

  • Share :