• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Muhammadixon Ismoilov 75 yoshni qarshiladi

NamMQIda professor-oʻqituvchilarni yubiley sanalari bilan tabriklash odat tusiga kirgan. Institut jamoasi bu gal Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Muhammadixon Ismoilovning 75 yoshini nishonlash uchun jamlandi.

Muhammadixon Ismoilov 1949-yilda Kosonsoy tumanida tugʻilgan. 1971-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Institutdagi faoliyatini 1980-yilda katta oʻqituvchilikdan boshlagan. Falsafa fanlari doktori, professor.

Institut rektori Sharifjon Ergashev yubilyarni sana bilan qutlab, ezgu tilaklarni bildirdi va jamoa nomidan esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Rektor va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini malakasini oshirish oʻquv markazi direktori Rahmonjon Egamberdiyev yubilyarga Turon fanlar akademiyasi akademigi guvohnomasi va  “Eng ulugʻ ustoz” koʻkrak nishonini ham tantanali ravishda taqdim etdi.

Muhammadixon Ismoilov yakunda soʻz olib, jamoa va hamkasblarga minnatdorligini bildirdi.

  • Share :