• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut mutasaddilari Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti mutasaddilari Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda boʻlib, bu yerda tahsil olayotgan iqtidorli oʻquvchilar bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida oʻquvchilarning qiziqish doiralari, oliy taʼlim tizimiga boʻlgan intilishlari, kelgusida egallashlarini reja qilgan kasb va yoʻnalishlari oʻrganildi.

Oʻquvchilar Namangan muhandislik-qurilish institutiga taklif etilib, professor-oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻlish va auditoriya hamda laboratoriyalar bilan bevosita tanishishga chorlandi.

  • Share :