• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut xodimlari bilan dolzarb mavzuda suhbat

NamMQI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komlaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan institut tarkibiy tarmoqlari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni talablari ijrosini ta'minlash, turli huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, buning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish  yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti Namangan viloyat boshqarmasi matbuot guruhi katta inspektori Boqijon Hakimov, Komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payzievning chiqishlari tinglandi.

Davr suhbati savol-javoblarga boy, qizg‘in muzokara va munozaralar tarzida o‘tdi.

  • Share :