• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutning eng faol yoshlar yetakchilari aniqlandi

Namangan muhandislik-qurilish instituti media markazi tomonidan oliy o‘quv yurtining eng faol yoshlar yetakchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma  o‘z yakuniga yetdi. 

Bir hafta davom etgan ovoz berish natijalariga ko‘ra institut talabalar turar-joyi yoshlar yetakchisi Laziz Absalomov 338, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti yoshlar yetakchisi Zuhriddin Muhammadov 288, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti yoshlar yetakchisi Gulshirin Jamgirova esa 253 ta ovoz to‘plab, ramziy shohsupamizga ko‘tarilishdi.

Tabriklaymiz!

  • Share :