• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'teti binosida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti binosida Yangi Namangan tumani hokimligi, prokuraturasi va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda institut, hokimlik, prokuratura va markaz mutasaddilari, ish beruvchilar va vaqtincha ishsiz fuqarolar, talabalar ishtirok etdi.

Yarmarkada tumandagi 23 ta ish beruvchi korxona o‘zida mavjud 524 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi.  Tadbir davomida hududda istiqomat qiluvchi fuqaro Yangi Namangan tuman “Suvta'minoti” MChJga nazoratchi vazifasiga ishga joylashtirildi, 9 nafar fuqaro jamoat ishlarida ishlash uchun yuborildi, 7 nafariga “Monomarkaz”ga yo‘llanma taqdim etildi, 51 nafar fuqaroga esa  huquqiy maslahatlar berildi.

NamMQI media markazi

  • Share :