• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Janubiy Koreyaning Sejong universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Namangan muhandislik-qurilish institutida Mun Jin Xvan boshchiligidagi Janubiy Koreyaning Sejong universiteti delegatsiyasi qabul qilindi.

Muzokaralar davomida ikki oliy oʻquv yurtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalalari muhokama qilindi. Institutda koreyalik mutaxassis faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yakunda institut rektori Sharifjon Ergashev va Sejong universiteti xalqaro aloqalar departamenti rahbari  Mun Jin Xvan oʻrtasida hamkorlik memorandumi  imzolandi. Ushbu shartnoma qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish, universitetning MBA kurslarini tashkil etish kabi koʻplab jihatlarni oʻz ichiga oladi.

NamMQI media markazi

  • Share :