• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Kasbiy koʻnikma va mahoratni oshirish tadqiqot markazi” institutda barpo etilayotgan TTJ qurilishini oʻrgandi

Markazning navbatdagi oʻrganishi “Qurilish taʼlim yoʻnalishi talabalarining amaliy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida amalga oshirildi. 1-kurs tayanch doktoranti Ahror Jaloldinov va uning ilmiy rahbari Abdurahim Qahharov, shuningdek, kafedra mudiri Sahob Komilov institutdagi yangi qurilayotgan talabalar turar joyida oʻrganishlar olib borishdi.

Qurilishda foydalanilayotgan yangi texnologiyalar, zamonaviy loyihalash usullari, ularni taʼlim jarayoniga joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.

Bu borada binoda qoʻllanilayotgan ventilyatsiya va kommunikatsiya tizimlariga oʻzgacha yondashilganligi ahamiyatli. Yangi binoni raqamlashtirishda tarmoqlarni tortish va ularni montaj qilish avvaldan rejalashtirilganligi qiziqishga sabab boʻldi. Tadqiqot natijalarini taʼlim jarayoniga tadbiq etish boʻyicha kelishib olindi.

  • Share :