• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari qachon o‘tishi ma'lum bo‘ldi

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta'lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 3 oktyabrdan 8 oktyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1-smenada 09:00 dan 12:00 gacha;

2-smenada 14:30 dan 17:30 gacha bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fandan o‘tkaziladi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar quyidagilar:

- ona tili;

- matematika; 

- O‘zbekiston tarixi.

Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 

Testlarni yechish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida - 3,1 balldan (jami 93 ball);

2-mutaxassislik fanida - 2,1 balldan (jami 63 ball);

majburiy fanlarda - 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar ruxsatnomani DTMning my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

  • Share :