• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi

Xabaringiz bor, Prezident farmoni  va hukumat qarori ga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.

Bu tartib, shunigdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilngan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.

Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.

  • Share :