• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi

Tadbirga Hindiston elchisining maslahatchisi Sitesh Kumar boshchiligidagi delegatsiya ham tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori Sharifjon Ergashev kutib oldi va faxriy bitiruvchilar doskasi hamda Bionika laboratoriyasi bilan tanishtirdi.

Rektor va Sitesh Kumar institut jamoasini Navroʻz bayrami bilan qutladi va samimiy tilaklarini bildirdi.

Shundan soʻng Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi ijodiy guruhi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. Hindistonlik mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.  

NamMQI media markazi

  • Share :