• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"NamECI AWARDS-2023" ga marhamat!

Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan 2023-yil davomida naʼmunali faoliyat yuritib kelgan fakultet, fakultet va yo'nalish koordinatorlari hamda faol va tashabbuskor talabalarni baholash boʻyicha ʻʻNamECI Awards-2023ʼʼ tanlovi eʼlon qilinadi.

Baholash uchun oʻtkaziladigan soʻrovnomada quyidagi nominatsiyalar bo'yicha oʻzingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering:

- "Yilning eng yaxshi fakultet koordinatori" nominatsiyasi;

- "Yilning eng yaxshi yoʻnalish koordinatori" nominatsiyasi;

- "Yilning eng faol talabasi" nominatsiyasi;

- "Yilning eng faol fakulteti jamoasi" nominatsiyasi.

Nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarga boshlangʻich tashkilotning tashakkurnomasi hamda statuetka topshiriladi.

Shoshiling. Ovozlar 5-yanvar, 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

  • Share :