• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalar turar-joyidagi Navro‘z saylida faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov ko‘chasida joylashgan talabalar turar-joyida yoshlarning Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sayl doirasida orasta qizlar va pazanda yigitlarning tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Ular ijodiy chiqishlarini taqdim etdi, bahoriy salatlar hamda voha va vodiy palovlarini tayyorladi.

Institut qoshidagi “Oltin davrim” ansambli xonandalari davraga fayz kiritib, jozibador taronalar bilan barchani raqsga chorladi.

Sayl yakunida tadbirda faol ishtirok etgan qatnashchilar institut ma'muriyatining tashakkurnoma va mukofotlari bilan taqdirlandi.

NamMQI media markazi

  • Share :