• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Kosonsoydagi maktablar mutasaddilari va bitiruvchilari bilan uchrashdi

Chindovul mahalla madaniyat markazida oʻtkazilgan tadbirni institut rektori ochib berdi. Ishtirokchilar uchun institut haqidagi roliklar namoyish etildi, bukletlar taqdim etildi.

Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov  taqdimoti davomida institut salohiyati, reytinglardagi oʻrni, fakultet va yoʻnalishlar haqida tushunchalar berdi.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Ilhomjon Sayfullayev tuman maktablari bilan uzviy aloqalar oʻrnatilgani va bu hamkorlik davom ettirilishi haqida soʻz yuritdi.

“Qalqon” guruhi aʼzolari, Prezident va davlat stipendiyalari sohiblari erishgan natija va yutuqlari haqida hikoya qildi.

Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Rayhona Karimova bitiruvchilarning oliy oʻquv yurtlariga kirish koʻrsatkichlarini tahlil qilib, bu kabi tadbirlar mavjud holatni yanada yaxshilashga xizmat qilishini taʼkidladi.

  • Share :