• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda Navro‘z sayli: Rektor jamoani tabrikladi va jamoa bilan birga bo‘ldi

Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘lib o‘tgan Navro‘z saylida rektor Sharifjon Ergashev so‘z oldi. U jamoani bayram bilan tabriklab, ishlariga rivoj, xonadonlariga fayz-baraka tiladi. O‘tgan yilgi ayyomdan bu yilgi bayramgacha yetib kelolmaganlarni yodga oldi.

Rektorning chiqishi davomida erishilgan yutuqlar e'tirof etildi, ilg‘orlar taqdirlandi. Institut reytingiga munosib hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar, oliy o‘quv yurti faoliyatida jonbozlik ko‘rsatayotgan xo‘jalik bo‘limi xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng rektor prorektorlar va maslahatchilar hamrohligida har bir kafedra o‘tirgan joylarni aylanib, jamoalarni shaxsan ayyom bilan qutladi.

NamMQI media markazi

  • Share :