• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda «Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi

Namangan muhandislik-qurilish instituti talaba-qizlari o‘rtasida 11 oktyabrь— «Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Institut rektori Sharifjon Ergashev talaba-qizlarni tabriklab, bugungi musobaqani ochib berdi.

O‘yinda jami 12 ta qizlar jamoasi ishtirok etdi. Qizg‘in bahslar natijalariga ko‘ra, «Moychechak» jamoasi birinchi, «Madmuazelь» jamoasi ikkinchi va «Nodirabegim izdoshlari» jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalarga institut rektorining darajali diplomlari hamda pul mukofotlari vaucherlari topshirildi.

NamMQI media markazi
 

  • Share :