• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2023 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari kengashi tomonidan islom dini manbalari va astronomik ma'lumotlarga tayangan holda 2023 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23 mart, payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

  • Share :