• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ramazon yoʻqlovlari davom etmoqda: Transport vositalari muhandisligi kafedrasi professori G'ulomjon O'rishev xonadoni yoʻqlandi

Transport vositalari muhandisligi kafedrasi mudiri Zokirxon Munavvarxonov va Transport logistikasi kafedrasi mudiri Abduqayum Normirzayev boshchiligidagi o'qituvchilar institutda uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan G'ulomjon O'rishev xonadonini yoʻqladi.

G'ulomjon O'rishev institutdagi faoliyatini 1989-yildan boshlagan va oʻqituvchilikdan Transport vositalari muhandisligi kafedrasi professorligigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan. Institutning turli-tuman tadbirlarida faol ishtirok etgan.

Hozirda ustoz xonadonida farzandlari va nevara-evaralari ardogʻida. Hamkasblar va shogirdlar u kishining suhbatidan bahramand boʻlib, samimiy tilaklari va Ramazon hadyalarini yetkazdi.

  • Share :