• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ramazon yoʻqlovlari: Fizika kafedrasi dotsenti Anvara aya Otaboyeva xonadoni yoʻqlandi

NamMQI rektori boshchiligidagi mutasaddilar Fizika kafedrasida uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan Anvara aya Otaboyevaning xonadonini yoʻqladi.

Anvara Otaboyeva institutdagi faoliyatini oliy oʻquv yurti tashkil topgan sana — 1979-yildan boshlagan va assistentlikdan Fizika kafedrasi dotsentligigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan. Institutning turli-tuman tadbirlarida faol ishtirok etgan.

Hozirda qariyb 90 yoshni qoralagan aya xonadonida farzandlari, kelinlari, nevara-evaralari ardogʻida.  

Institut mutasaddilari Anvara Otaboyevaning suhbatidan bahramand boʻlib, samimiy tilaklari va Ramazon hadyalarini yetkazdi.

Ramazon yoʻqlovlari davom etmoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :