• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Spark” avtomobiliga ega boʻlmoqchimisiz?

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin – “Spark” avtomobili;

2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;

3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.

Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;

2-bosqich – asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!

Tanlov nizomi bilan tanishish 

  • Share :