• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabgor yoshlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi

Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida NamMQI tashabbusi bilan Chortoq tumanida “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlashlashda ilmiy-amaliy tavsiyalar" mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda tuman hokimligi  vakillari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari, talabgor yoshlar, institut professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, doktorantlar va soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Seminar doirasida ishtirokchilarga sabzavot, bog‘ va tokzorlar, poliz, dukkakli, moyli hamda ozuqa ekinlarini yetishtirishning agrotexnologiyalari, texnika va o‘g‘itdan samarali foydalanish, urug‘ tanlash borasida tushunchalar berildi.

Seminarda talabgor yoshlar boshlang‘ich ma’lumotlardan tashqari, tomchilatib sug‘orish, meteostansiya,  dala ishlarini yuritish borasidagi zaruriy maslahat va amaliy ko‘maklar olgani kelgusida bu yo‘nalishda faoliyat olib borishlari uchun muhim omil boʻladi.

  • Share :