• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ta'limda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish

 kim-3.jpg    

2022-2023 o‘quv yilining sentyabr oyida institutimiz o‘quv auditoriyalariga eng zamonaviy rusumdagi 10 dona elektron doskalar o‘rnatilib professor o‘qituvchilar ixtiyoriga foydalanish uchun topshirildi. Katta ekrandagi 20 dona smart televizorlar keltirilib auditoriyalarga o‘rnatish bo‘yicha so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shuningdek Hindiston Respublikasi tashqi beg‘araz ko‘magi asosida moliyalashtiriladigan jami 611,5 ming dollarlik laboratoriya jihozlari uchun loyiha pasporti ishlab chiqildi va taqdim etildi. Natijada institut 71 turdagi laboratoriya jihozlari bilan birga yuqoridagi kabi yana o‘nlab interaktiv elektron doskalar keltirilishi rejalashtirilmoqda. 

     Institutimiz moddiy texnik bazasini zamonaviy AKT vositalari bilan yanada boyitish jarayoni davomida professor o‘qituvchilarning ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirshga ham alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

       Jumladan, seminar davomida Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Toxirjon Jo‘raev tomonidan interaktiv  elektron doskaning mavjud imkoniyatlari,  ta'lim jarayoni sifatini yanada oshirishga qaratilgan funksiyalari to‘g‘risida berilgan ma'lumotlar seminar ishtirokchilarining qiziqishlariga sabab bo‘ldi. 

          Rejaga muvofiq joriy yilning 8 oktyabr kuniga qadar qolgan 23 ta kafedra professor o‘qituvchilari bilan ham yuqoridagi mavzularda o‘quv-seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish davom etadi. 

 

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i  I.Sayfullaev

  • Share :