• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Texnikumda kafedra filiali o‘z faoliyatini boshladi

Yo‘l muhandisligi kafedrasi Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari texnikumida kafedra filialini ochdi. Kafedra filialini ochishdan maqsad texnikumni o‘quv va ilmiy bazasini    rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish.

Yo‘l muhandisligi kafedrasi mudiri D.Maxkamov o‘z so‘zida shu kungacha xam xamkorlikda ishlayotganligi xaqida to‘xtalib, kelgusida texnikum talabalari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish, jumladan kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi N.Saydazimov muallifligida yozilgan ushbu texnikumning 5.54.06.01. “Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aerodromlar qurilishi” yo‘nalishi talabalari uchun “Ko‘priklar, tonnellar va yo‘l o‘tkazgichlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish” nomli o‘quv qo‘llanmasi qo‘lyozmasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etilganligi, bundan tashqari kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari o‘tkazish, o‘quv jarayonlarini tashkil qilishda na’munaviy o‘quv va ishchi rejalar, fanlar bo‘yicha na’munaviy va    ishchi dasturlar yaratishda amaliy yordam berishini rejalashtirayotganligi xaqida ma’lumotlar berdi. 

Yuqoridagi takliflar texnikum jamoasi tomonidan ko‘tarinki ruxda kutib olindi. Texnikum raxbariyati bilan kelgusida bajarilishi rejalashtirilayotgan ishlar xaqida kelishib olindi. 

  • Share :