• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Ekopartiya bilan hamkorlikda koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazildi

Namagan muhandislik-qurilish instituti yoshlari institutda "Yashil makon" loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazishdi.

Mazkur loyiha NamQI media markazi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat Kengashi bilan hamkorlikda tashkillandi.

Ushbu aksiyada Institut rektori Sharifjon Ergashev, viloyat kengashi raisi Qodirxon Supijanov, Namangan shahar kengashi raisi Shahnoza Toʻxtasinova hamda talaba- yoshlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida Institut bogʻiga manzarali  daraxt koʻchatlari ekildi.

Loyihadan soʻng talabalar bilan esdalik uchun fotosessiya ham boʻlib oʻtdi.

NamMQI media markazi

  • Share :