• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yoshlar ittifoqi viloyati Kengashi raisi va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi Azizbek Toshmatov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazish maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida rais tomonidan Sanoatni axborotlashtirish fakulteti koordinatori xonasida institut tashabbusi bilan yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi va aʼlo baholandi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohiblari hamda "Bitiruvchilar-faxrimiz" burchagi bilan yaqindan tanishildi.

Yoshlarni rahbarlikka tayyorlashga oid fikrlar bilan ochib berilgan va samimiy tarzda kechgan ochiq muloqotda talabalar tomonidan bildirilgan takliflar oʻz oʻrnida masʼullarga yoʻnaltirildi. "Kitob karvoni" va "Rahbarlikka qadam" loyihalari tez orada oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

Ochiq muloqot umumiy fotosuratga tushish bilan yakunlandi.

  • Share :