QURILISH-TEXNOLOGIYA

Razzaqov Sobirjon Jo'rayevich
haftaning dushanba va shanba kunlari: 14:00-17:00
Telefon: 234-17-92
E-mail: sobirjonrsj@gmail.com
Ma'lumotnoma: Yuklab olish
Xolboyev Zokirjon Xodiyevich
Qabul vaqti: haftaning payshanba kuni: 14:00-17:00
Telefon: +998 (69) 234-17-92
E-mail: ...

Qosimov Ilhom Ma`ribovich
Qabul vaqti: haftaning seshanba kuni: 14:00-17:00
Telefon: +998 (69) 234-17-92
E-mail: ilhomjon050@inbox.uz

Mamadaliev Anazxon Ziyodullaevich
Qabul vaqti: haftaning seshanba kuni: 14:00-17:00
Telefon: +998 (94) 155-77-85
E-mail: Anaskhon@mail.ru
Fakultet haqida
O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 20.04.2017 yildagi PQ–2909-son qaroriga muvofiq Namangan muhandislik-pedagogika instituti Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirildi. Vazirlar Mahkamasining 25.07.2017 yildagi 540-son «Namangan muhandislik-qurilish instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qaroriga binoan institut rektorining 2017 yil 28 sentyabrdagi №256-у sonli “Institut fakultetlar va kafedralar tuzilmasiga o`zgartirish kiritish to`g`risida” gi buyrug`iga asosan “Kasb ta`limi” fakulteti negizida “Qurilish-texnologiya” fakulteti tashkil etildi.
Qurilish-texnologiya fakulteti
Fakultet talabalarining mukammal bilim оlishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Fakultetda 42 ta prоfessоr-o’qituvchilar faоliyat ko’rsatmоqdalar.Ulardan 2 nafari fan dоktоri, prоfessоr, 15 nafari esa fan nоmzоdlari dоtsentlardir. Fakultetda ilmiy salоhiyat 40.4 % ni tashkil etadi.
2018-2019 o’quv yili davоmida fakultet tasarrufidagi 44 ta akademik guruxlarda 1029 nafar talaba tahsil оlmoqda, shundan 293 nafari davlat granti asosida qolganlari to’lоv-shartnоma asоsida ta`lim olmoqdalar. O’quv jarayonida yangi pedagоgik texnоlоgiyalardan keng fоydalanilmоqda. Jumladan, talabalarni yuqori saviyada ta`lim olishlari uchun fakultetda kоmpyuter sinflari, videоprоektоrlar hamda o`quv laboratorya jihozlari bilan ta`minlangan auditoriyalar mavjud.
Davlat grantlari asоsida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari Fakultet tasarrufidagi kafedralar prоfessоr-o`qituvchilari tоmоnidan o`tgan davr mobaynida quyidagi yo’nalishlardagi mablag’ bilan ta`minlangan 3 ta Davlat granti lоyihalari bajarilgan: ITD-16-015. Yakka tartibdagi turar-joy binolarini oldindan seysmik mustahkaligini aniqlash, 2010-2011 y.y. t.f.d. S. Razzaqov (fakultet dekani) ITD-15-12: “Qo’shaloq superfosfat turidagi o’g’itlar olishda quyi navlardagi mahalliy fosforitlar va mikroelementli sanoat chiqindilaridan foydalanish”, 2012-2014 yy. dots. I.SHamshidinov Kimyoviy texnologiya kafedrasi. IOT-2014-7-9: “Angren kaolini asosida alyuminiy sulьfat olish texnologiyasini joriy etish” 2014-2015 yy. dots. I. SHamshidinov Kimyoviy texnologiya kafedrasi. A-14-8+(14-11) Seysmik kuch ta’sirida suv inshootlari mustahkamligi, suv inshootlarini gruntning real fizik mexanik xarakteristikalari va elastik-plastik deformatsiyalanishi va temir beton konstruktsiyali bino va inshootlar elementlarining mustahkamlik, zilzilabardoshlik va deformatsiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta’sirlarini tadqiq qilish. Bajarilishi 2015/2017 yillarga mo’ljallangan (t.f.d.S.Razzaqov fakultet dekani) IOT-2016-5-28: “Elektrokimyoviy faollashtirilgan suv asosida mum kuyasi qurtini oziqlantirish va undan gabrobrakon ko’paytirish texnologiyasini”. Bajarilishi 2016/2017 yillarga mo’ljallangan (dots.M.Abdullayev Kimyoviy texnologiya kafedrasi). IOT-2016-5-11 “Topinamburni sharbati olingan ikkilamchi xom ashyosini qayta ishlab, tarkibida qand tutuvchi va dietik taomlar texnologiyasini ishlab chiqish Bajarilishi 2016/2017 yillarga mo’ljallangan (dots.SH.Ataxanov Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi) A-12-39: Mahalliy karbonatli xom-ashyolardan foydalangan holda kaltsiy va magniy fosfatli o’g’itlar olish texnologiyasi. Bajarilishi 2015/2017 yillarga mo’ljallangan. (dots. I.SHamshidinov Kimyoviy texnologiya kafedrasi). Hozirda quyidagi davlat grantlari bajarilmoqda
- PZ-20170925154 “O’zbekistonning qadimiy monumental san’at asarlariga munosib nomlar qo’yish, asl ko’rinishini grafik hamda kompьyuter grafikasida qayd qilish ( Loyiha raxbari dots.SH.Abduraxmanov) 2018-2020 yillarga mo’ljallangan
- I-OT-2017-5-7. Maishiy chiqindilarni to’plash va qayta ishlash uchun ekologik bexatar va chiqitsiz texnologiyani ishlab chiqish asosida chorva oziqa bazasini rivojlantirish (Loyiha rahbari dots. R.Ahmedov) – 2017-2018 yillarga mo’ljallangan.