YAPONIYADAGI HAMKORLIK UCHRASHUVI

Hamkorlik uchrashuvi.
Namangan Muhandislik-qurilish instituti “Avtomobil yo`llari va aerodromlar” kafedrasiga 2018-yilning 24-26-aprel kunlari Yaponiyaning JICA dasturi doirasida ekspert konsultant Mr.Narikava Katzuo tashrif buyurdi.
Mr.Narikava Katzuo tomonidan 5340800-Avtomobil yo‘llari va aerodromlar ta'lim yo‘nalishining 1-4 kurs talabalari va professor-o‘qituvchilarga master klasslar tashkil qilindi. Ushbu master klasslarda avtomobil yo‘llarida uchrayotgan muammolar va ularning yechishda dunyo tajribasi bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarga bag‘ishlandi.
Kafedra mudiri
Q.Inoyatov