Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Tarbiya komillik sari qadam


2020-yil 14-oktabr kuni Namangan muhandislik qurilish instituti Qurilish fakulteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi o’qituvchi N. Mahmudov rahbarligidagi 4-bosqich 15-BIQ-17-guruhi  bilan institutning “Moodle” tizimi orqali “Tarbiya komillik sari qadam” mavzusida Axborot va murabbiylik soati tashkil etildi.

Dars jarayonida Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy omillar ustuvorligi to'g’risida guruh murabbiyi ma’lumot berib o’tdi.

Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Farg’oniy kabi buyuk qomusiy olimlar asarlarida, ularning ilmiy-nazariy ta’limotlarida ta’lim-tarbiya masalalariga keng o’rin berilganiga, chunonchi, tarbiya muammolariga jahon madaniyati mezonlari bilan yondashilgani,

Alloma Abu Nasr  Forobiy (873-950)ning “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishish haqida ko’rsatmalar”, “Baxt-saodatga erishish haqida”, “Fuqarolik siyosati”, “Davlat arbobining aforizmlari” kabi asarlari bo’yicha talabalar bilan o’zaro suhbat o’tkazildi.

Suhbat yakunida talabalar mavzuga oid o’zaro fikr- mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar va ushbu tizim orqali ko’proq shunday darslar bo’lishini va bu barcha talabalar uchun juda qulay ekanligini ta'kidladilar.