Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!


2020- yil 17- oktabr kuni Mashinasozlik fakulteti tomonidan Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida zoom dasturi orqali onlayn davra suhbati boʻlib oʻtdi. 
Davra suhbatini fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Bekzod Nabiyev olib bordi. Barcha qatnashchilarni bayram bilan qutlab, davlat mustaqilligimiz sari qoʻyilgan ilk qadam bu-Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun ekanligini taʼkidladi. Koʻp yillik tarixga ega boʻlgan ona tilimizni asrab -avaylash barchamizni burchimiz deya eʼtirof etdi. 2020 yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev Birlashgan millatlar tashkiloti 75 yillik sammitida birinchi bor turkiy tillar orasida birinchi boʻlib oʻzbek tilida maʼruza qilganligi bu ham bizni oʻzbek tilini butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinganligini bildirganligini va albatta, barchamizni quvontirganligini aytib oʻtdi. 
Davra suhbatini institut tarbiyachi -pedagogi, “Muzaffar soʻz” adabiy klubi rahbari A. Kamolov davom ettirib, mavzu yuzasidan qimmatli maʼlumotlarni keltirib, shoirlarimiz va oʻz qalamiga mansub sheʼrlardan oʻqib eshittirdi. 

Shundan soʻng institutning Yoshlar bilan ishlash,maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Dehqonov davra suhbatida oʻzbek tili tarixini tushuntirib oʻtib, talaba-yoshlarga doimiy kitob oʻqishni va bu orqali oʻz bilimlarini oshirib borishlari muhimligini aytib oʻtdi.

Guruh murabbiylaridan fizika kafedrasi oʻqituvchisi A.Soliyev bugungi kunda ogʻriqli nuqtamiz boʻlgan soʻzlarni buzib aytilishi, sms xabarnomalarni turli belgilar orqali buzib yozilishi va imloviy xatolar koʻp uchrashi va bunga barchani bir tanu, bir jon boʻlib kurashishga chorladi.

Davra suhbati soʻnggida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.