Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


ZIYO MASAKANI


2021 yil 25fevral kuni Qurilish-texnologiya fakulteti 26-QMBQICh-19 guruh talabalari belgilangan reja-jadval asosida Namangan shahridagi Nodira kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ilm-fanga oid hamda ma’naviy-ma’rifiy qo’llanmalar, o’zbek va jahon adabiyoti durdonalari va respublikamizda muntazam chop etiladigan qator vaqtli matbuot nashrlari bilan yaqindan tanishishdilar. Shuningdek, talabalar mazkur kutubxonaning tarixi va undagi adabiyotlar bo’yicha keng qamrovdagi ma’lumotlardan boxabar bo’lishdi.