Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Kitob- bilim mabayi


2020 yil 25-fevral kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish-texnologiya fakulteti “O‘zbek tili va adaviyoti” kafedrasi o‘qituvchilari D.Shermatova va R.Tojimatovlar institutga biriktirilgan maktablarda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha kafedralar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar grafigi asosida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbus”lari bo‘yicha Namangan shahridagi 73-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “Kitob- bilim mabai” mavzusida kitobxonlik tadbiri o‘tkazdilar. Ushbu tadbirda maktab direktori A.Yunusov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. Mirmaxmedov, sinf rahbari M.Mirbakiyevalar ishtirok etdilar. Mazkur maktabda jami 19ta sinfda jami 465 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqdalar. Tadbirda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchilari institutning ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlari haqida maktab o‘quvchilariga ma’lumotlar berdilar.
Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslaridan kitobxonlik mavzusida qizg‘in savol-javoblar tashkil etildi. O‘quvchilardan M.Adashboyeva,H.Rahimjonova,A.Ikromjonov,N.Abdusamatov,M.Mamadaliyeva, M.Ibrohimjonov, F.Mirzaliyeva, O.Ahmadjonova, HSayfiddinovalar faol ishtirok etib, bir qator shoirlarning she’rlaridan o‘qib berdilar.