Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


OGOH BO’LISH TALAB ETILADI


Yurtimizga fasllar kelinchagi bo’lmish koklam o’z sepini yoya boshlagan bo’lsada, kunlar hali to’la isimagani va honadon va tashkilotlarda isitish moslamalaridan foydalanish davom etayotgani uchun barchamizdan ulardan foydalanishning belgilangan tartib-qoidalari haqida habardor bo’lish, is gazi havfidan doimo ogoh bo’lish talab etiladi. Mazkur masalalarga bag’ishlab institutning Qo`shma ta'lim bo`limi tomonidan talabalarga inson hayoti uchun havfli sanalgan is gazidan zaharlanishni oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Qo`shma ta'lim bo`limi boshlig'i A. Xabibullaev, bosh mutahassis N. Turg'unov, o`qituvchilar A.Soliyev, D. Yusupov, A. Mo'minov, G. Toshboeva, N. Sobirova va guruh talabalari ishtirokida kechgan mazkur tadbir davomida gaz va havo aralashmasining chaqnashi natijasida yuzaga keladigan yong‘indan saqlanish, hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida talabalar tomonidan belgilangan qator xavfsizlik talablariga rioya etishlari yana bir bor eslatib o`tildi. Ushbu qoidalarga rioya etish bilan inson о‘zi va yaqinlari hamda uy-joyini turli yong‘in va boshqa talofatlardan asrab qolishi ta’kidlandi.