Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Bahor keldi seni so‘roqlab”


2021 yil 1 mart - bahorning ilk kunida kuni NamMQI Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi proffessor-o‘qituvchilari tomonidan 1-bosqich talabalariga sadoqat va vafo timsoli shoira Zulfiyaxonim tavallud etgan kuni munosabati bilan “Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli ma’naviyat va ma’rifat darsi tashkil etildi. Bo‘lim o‘qituvchilari tomonidan talabalarga shoira Zulfiyaxonimning xayot va ijodlari bilan qisqacha tanishtirib o‘tildi va uning ijodidan o‘rin olgan Vafo, muhabbat, ona yurtga sadoqat kabi tuyg’ular mahorat va nafislik bilan madh etilgan qator she’rlarni o‘qib beridilar.
Bahor keldi seni so`roqlab…

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

MEN O’TGAN UMRGA
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima - bildim.
Shu-da bir yashash!..