Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Hamkorlikda "Ochiq dars" o'tkazildi


Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida " Xorijiy tillar" kafedrasi, "Tillar" kafedrasi va institutning ''O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi hamkorligida "Ochiq dars" o' tkazildi. Litseyning ingliz tili o'qituvchisi N. Jakbarova 2019- yil sentyabr-oktyabr oylarida AQSH ning Ogayo shtatining Kent universitetida 21 asr sinf xonalarida axborot xavfsizligi yo'nalashi bo'yicha malaka oshirgan. U AQSH lari Ta'lim Vazirligi va World Learning tashkiloti hamkorligida tashkil qilingan kichik grantni qo'lga kiritgan. Bugungi kunda o'z tajribalari asosida litsey o'quvchilariga axborotlar va ularning xavfsizligiga doir o'quv mashg'ulotlari tashkil etmoqda. Bu galgi o'quv mashg'ulotida Institutning ''O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi D.Shermatova axborot tushunchasi, globallashuv jarayonlarida uning yoshlar dunyoqarashi va ta'lim-tarbiyasiga ta'siriga doir fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdi. Dars davomida o'quvchilardan I.Mashrapov, M. Asqaraliyeva,O Abdullajonova, D. Ne'matova va N. Husainovalar ham axborot va unga munosabat ko'rsatish madaniyati haqida fikrlarini bildirdilar. Kelgusida ham hamkorlikda bir vaqtning o'zida ikki tilda dars mashg'ulotlari o'tkazib borish maqsadga muvofiq ekanligi kelishib olindi.