Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI” KAFEDRASI PROFESSOR-O’QITUVCHILARI NAMANGAN SHAHRIDAGI 73-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA BO’LDILAR


2021 yil 7 aprel kuni Namangan shahri xalq ta’limi bo’limiga qarashli 73-umumiy o’rta ta’lim maktabida maktab direktori A.Yunusov, o’qituvchilar R.Mirmaxmedov, N.Boymirzaeva, M.Abdullaeva hamda 9 va 11 sinf o’quvchilari ishtirokida Namangan muhandislik qurilish instituti “Bino va inshootlari qurilishi” kafedrasi dotsenti X.Alimov, A.Raximov va Stajyor-o’qituvchi M.Turg’unpo’latovlar tomonidan “Olimlar kuni”, “Hayot saboqlari”, “Kafedra soati” mavzularida tadbir tashkillandi. X.Alimov tomonidan o’quvchilarga hayot saboqlari, institut olimlari va ular tomonidan olib borilayotgan ishlar va kafedraning faoliyati to’g’risida keng qamrovli tushunchalar berildi. Hayotiy faoliyatlari hamda erishgan yutuqlari to’g’risida qiziqarli voqealar asosida bayon etildi. Ish jarayonlaridan kelib chiqib kafedraning o’qituvchilari va erishayotgan yutuqlariga to’xtalib o’tildi. Tadbirlar davomida o’quvchilarning qiziqtirgan savollariga xayotiy misollar tariqasida javoblar berildi.