Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Sohibqiron Temur - buyuk sarkarda va adolatli podshoh”


2021 yil 7 aprel kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti “Energetika va sanoatni axborotlashtirish” fakultetida 8-MEM -18 va 9-MEM-18 guruh talabalari ishtirokida “Sohibqiron Temur - buyuk sarkarda va adolatli podshoh” mavzusida “Axborot va murabbiylik soati” bo‘lib o‘tdi. Unda guruh rahbarlari O.Otamirzaev va A.Mamajonovlar hamda dekan o‘rinbosari ishtirok etishdi. Mazkur “Axborot va murabbiylik soati” da buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Temuriylar sulolasiga asos solinishi va uning faoliyati haqida talabalarga keng ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamalakatimizda Amir Temur va uning davrini o‘rganishga bag‘ishlangan bir qator amaliy ishlar haqida ham alohida ma’lumot berib o‘tildi. Jumladan, 1996 yil yurtimizda prezident farmoni bilan Amir Temur yili deb e’lon qilingani. Buning natijasida poytaxtimizda Amir Temur haykali o‘rnatilgani guruh rahbarlari tomonidan ta’qidlab o‘tildi. Talabalar o‘zlari uchun qiziq savollarga javoblar olishdi.