Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Talabalar “COVID-19” qarshi test topshirdi


2021 yil 7 aprel kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti “Energetika va sanoatni axborotlashtirish” fakultetida talabalar “COVID-19” koronavirus infeksiyasiga qarshi PZR testi topshirishdi. Hozirgi epidemologik vaziyatdan kelib chiqqan holda “Energetika va sanoatni axborotlashtirish” fakultetida faoliyat olib boradigan barcha o‘qituvchilar va texnik xodimlar hamda talabalar “COVID-19” qarshi PZR testi topshirishdi. Talabalarga fakultet dekani R.Soliev hamda guruh rahbarlari hozirgi epidemologik vaziyatni to‘g‘ri anglab yetgan holda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish lozimligini alohida ta’qidlab o‘tdi. Ayniqsa, bir-biri bilan so‘rashishda ehtiyotkor bo‘lishi, albatta har bir talabada maska bo‘lishi va gigenik qoidalariga amal qilinishi lozimligi qat’iy tushuntirilib o‘tildi.