Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Sohibqiron Temur - buyuk sarkarda va adolatli podshoh”


7 aprel kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti “Energetika va sanoatni axborotlashtirish” fakultetida 27-ATT guruh talabalari ishtirokida “Sohibqiron Temur - buyuk sarkarda va adolatli podshoh” mavzusida “Axborot va murabbiylik soati” bo‘lib o‘tdi. Unda guruh rahbari G.Imomova hamda dekan o‘rinbosari O.Ahmedovlar ishtirok etishdi. Mazkur “Axborot va murabbiylik soati” da talabalarga Amir Temurning faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Guruh rahbari talabalarga O‘‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishiganidan so‘ng Amir Temur faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab amaliy ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Jumladan, mamlakatimizda Amir Temur sharafiga Temuriylar davri davlat muzeyi tashkil etilgan va Toshkent, Samarkand, Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykali o‘rnatilganini alohida ta’qidlab o‘tdi.U o‘z ma’ruzasida Amir Temur faoliyatidagi eng muhim jarayonlar haqida to‘htalib o‘tdi. Talabalar o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarga javoblar olishdi.