Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY HOLATIGA SALBIY TA’SIR KO‘RSATUVCHI HUQUQBUZARLIK, GIYOHVANDLIK, AXLOQSIZLIK KABI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHNING SAMARALI YO‘LLARI”


2021 yilning 3 may kuni 1bino 607 xonada Mashinasozlik fakulteti Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi tomonidan “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari” mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi. Davra suxbatida Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Namangan shahar ichki ishlar boshqarmasi Mingchinor MFY profilaktika inspektorlari militsiya leytenanti Sherzod Samijonov, profilaktika inspektori yordamchisi Komiljon Turg‘unov, Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatini kirish so‘zi bilan kafedra mudiri M.Sobirov ochib berdi. U o’z so’zida yoshlarni zararli illatlar bo’lgan huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolar bularga barchani birgalashib kurashishi kerakligini ta’kidlab o’tdi va so’zni SH.Samijonovga berdi. SH.Samijonov hozirgi kunda talaba yoshlarning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat bo‘lishi, turli salbiy holatlarga berilib qolishi tufayli hatto fojeali yakun topshida asosiy sababchi talabaning o‘zi ekanligini uqtirib o‘tdi. A.Turgunov, N.Baxriddinov, SH.Mamadaliev, SH.Raxmanovlar ham tarbiyaviy tomondan talabalarning odobli bo‘lishi bilan o‘qishlari yaxshilanishi to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. Davra suxbatida talabalar mavzuga doir o’zlarinini qiziqtirgan savollariga soxa mutaxassislari tomonidan javob oldilar.

Kafedra mudiri:
t.f.b.f.d.Sobirov M.