Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


IMOM VA YOSHLAR UCHRASHUVI


2021 yil 4 may kuni Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulьtetida To’raqo’rg’on tumani Usmon Zunnayr jome masjidi imom hatibi Axmadxon domla ishtirokida “Imom va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulьteti dekani t.f.d.R.Soliev, fakulьtet dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari O.Ahmedov, dekan muovini F.SHaripov, Menejment kafedrasi katta o’qituvchilari SH.Qoraboev, S. Alabaev hamda talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbatini R.Soliev kirish so’zi bilan ochib berib, bugungi davra suhbati “Odob-ahloq masalalari” mavzusida bo’lishini ta’kidlab o’tdi. SHundan so’ng To’raqo’rg’on tumani Usmon Zunnayr jome masjidi imom hatibi Axmadxon domla so’zga chiqib, taraqqiyotimizning yangi bosqichida yurtimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani to’g’risida so’z yuritdi. SHuningdek, keyingi yillarda yurtimizda dinga bo’layotgan e’tibor sezilarli darajada o’zgarganligi alohida ta’kidlandi. Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulьtetida bundan buyon hamkorlikda turli davra suhbatilari tashkil etilishi hamda talaba yoshlar bilan diniy masalalarda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berilishini ta’kidlab o’tdilar. SHuningdek, Axmadxon domla talabalarga “Ilm afzalmi yoki odob afzalmi?”-deb savol berib o’tgani uchrashuvni qizg’in savol-javoblar tarzida o’tishiga zamin yaratdi. Axmadxon domlaning-“Ustozlarning har bir bilimi talabalarga ilmiy asoslarga ega ekanligi, xar bir yosh talabalaning avvalo ustozini xurmat qilish odob bo’lishini, so’ngra rivojlanib borayotgan axborot asrida ma’lumotlardan asosli foydalanib, ayniqsa fursat va vaqt borida bilim egallashlari”- to’g’risidagi tavsiyalari talabalarda yaxshi ta’sirot qoldirdi.
Dinimizning buyuk ulamolari ona Vatanimiz tuprog’ida voyaga yetganiga alohida to’xtaldilar. Bu borada Yurtboshimizning ta’lim sohasida amalga oshirayotgan ishlari, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy kabi islom tsivilizatsiyasiga xissa qo’shgan son-sanoqsiz allomalarimizning hayoti va faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar aytib o’tildi. SHuningdek, uchrashuvda yoshlar o’rtasidagi ahloq-odobning qonun-qoidalari xususida ham to’xtalindi. Bu borada har bir talaba milliy qadriyat va an’analarimizga tayanib, qalbida Vatanga muhabbat ruhi bilan yashashi, boy milliy qadriyatlarimizga hurmatda bo’lishi kerakligi ta’kidlandi. Tadbir davomida talaba yoshlarni qiziqtirgan diniy-ma’rifiy mazmundagi savollariga atroflicha javoblar qaytarildi. Bundan buyon bunday uchrashuvlarni ko’proq tashkil etilishi va kelajagimiz bo’lgan yoshlarning tarbiyasida bu alohida o’rin egallashini ta’kidlab uchrashuvga yakun yasaldi.

Energetika va sanoatni axborotlashtirish
fakulьteti dekanining yoshlar bilan ishlash
bo’yicha o’rinbosari
O.Ahmedov