Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


NAMUNAVIY DARSLARNI TASHKILLASHTIRISH - TA'LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 2021 yil 4 martdagi №87-03-1264-sonli buyrug‘iga asosan turli oliy ta'lim muassasalaridagi katta tajribaga ega nufuzli professor-o‘qituvchilarning namunaviy darslarini boshqa oliy ta'lim muassasalarida ham translyasiya qilish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Respublikamiz Oliy ta'lim muassasalaridan namunaviy dars mashg‘ulotlari o‘tuvchi professor-o‘qiutvchilarning ro‘yxati ilova qilingan. Ushbu ilovaga muvofiq ”Qurilish-arxitektura” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4 may kuni institutning majlislar zalida “Qishloq hududlarini arxitekturaviy-rejaviy tashkil etish” yo‘nalishi talabalari va Farg‘ona politexnika instituti hamkorligida ZOOM orqali Onlayn dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot mavzusi “Shaharsozlik asoslarining dolzarb muammolari” deb nomlanib, uni FarPIning Arxitektura kafedrasi katta o‘qituvchisi Adxamjon Zikirov tomonidan olib bordi. Mashg‘ulot mazmunidan kelib chiqqan holda ma'ruzachi mashg‘ulot davomidan bugungi kunda shaharsozlik borasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar xaqida aniq hayotiy ma'lumotlar asosida tushuncha berdi.A.Zikirov mashg‘ulot yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil ma'lumotlar taqdim etdi. Ushbu tadbirni “Qurilish-arxitektura” kafedrasi mudiri dots.A.Qaxxarov, dots.Z.Buzrukov va katta o‘qituvchi Z.Adilovlar tashkillashtirishdi.
Albatta, hamkorlik asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar ta'lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirsa, ikkinchi tarafdan talabalar tomonidan sohaga oid yangi ma'lumotlarni egallash imkonini beradi.

Saytga material tayyorlovchi: dots.Z.Buzrukov
“Qurilish -arxitektura” kafedrasi mudiri: PhD. A.Qaxxarov