Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


YOSHLAR "OMMAVIY MADANIYT"GA QARSHI


6 may kuni «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi katta o’qituvchisi G’.Sotiboldiyev tomonidan 5-6-MS-19 guruhida “Yoshlar “ommaviy madaniyat”ga qarshi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbati doirasida 5-6-MS-19 guruhi talabalari bilan birgalikda guruh murabbiylari hamda TMJ kafedrasi mudiri M.Mansurov ishtirok etishdi. Ijtimoiy fanlar» kafedrasi katta o’qituvchisi G’.Sotiboldiyev "Ommaviy madaniyat" haqida o’z fikr mulohazalarini quyidagicha bildirib o’tdi. "Ommaviy madaniyat" nima? Bu savolga har bir xalq o‘zining manfaatlari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda javob beradilar. Umuman olganda "ommaviy madaniyat" bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi. Bu xususda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev: "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-karshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi", - degan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz uchun ommaviy madaniyat - bu bir guruh boylikka o‘ch odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda axloqiy buzuqlik, zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, "men "ni ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy va ma’naviy hayot maydonlariga tashlab, ko‘ngilocharlik bahonasida tijoratga asoslangan iste’molchilikni yo‘lga qo‘yib xalqlarni o‘z milliy qadriyatlariga asoslangan madaniyatidan judo qilish evaziga katta daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir. «Ommaviy madaniyat»ning belgilari: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm va boshqalar kiradi. Tadbir davomida TMJ kafedrsi M.Mansurov so’zga chiqib talabalar bilan axloq-odob qoidalari, Islom odobi haqida suhbatlashdi. Shundan so’ng G’.Sotiboldiyev, M.Mansurovlar talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Shu bilan birga mavzuga oid tayyorlangan taqdimot namoyish etildi.

Tayyorladi: G.Sotiboldiyev