Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


To’rtinchi tashabbus –“Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish”


“Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusi doirasida 35-KI-19 guruhi hamda murabbiy E.Jurayevlar viloyatimizdagi “Nodirabegim” axborot-kutubxonasiga 6 may kuni tashrif buyurishdi. Kutubxona haqida gap ketganida, 1918 yilda Namangan shahrida paxta zavodi qoshida 540 nusxa kitob fondi bilan ish faoliyatini boshlagan. 1929 yilga kelib sobiq Dzerjinskiy ko’chasidagi binoga ko’chib o’tgan. 1941 yilda kutubxona viloyat kutubxonasiga aylantirilgan. 1980 yilda kutubxona uchun 500 ming nusxa kitob fondiga mo’ljallangan maxsus 4 qavatli bino qurilib foydalanishga topshirilgan va shahar ijroiya qo’mitasining qaroriga binoan kutubxonaga shoira Nodirabegim nomi berilgan. Kutubxonada XVII–XVIII asrlarda nashr qilingan kitoblar, 1940 yildan buyon chiqarilgan gazeta va jurnallar saqlanib kelinmoqda. Hozirgi kunda kutubxonada 9 ta bo’lim, ya’ni, Kitob saqlash, Adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat ko’rsatish, Badiiy va san’atga oid yangi adabiyotlar, Iqtisodiyot, Texnika, Qishloq xo’jaligi, Tibbiyot bo’yicha adabiyotlar, Ilmiy-metodik, Matbuot nashrlari, Axborot bibliografiya va Huquqiy axborot markazi mavjud. Hozirgi kunda kutubxona fondida minglab adabiyotlar saqlanadi.