Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Muzeyga sayohat


5 may chorshanba kuni guruh murabbiy E.Jurayev va 35-KI-19 guruh talabalari viloyatimizdagi “Tarixi va madaniyati davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Talabalar axborot soatida belgilangan ma’naviyat kunlarini o’tkazish maqsadida guruh rahbari boshchiligida muzey eksponatlarini tomosha qilishdi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda va milliy qadriyatlarimizni ular orasida keng targ’ib qilishda muzeylarimiz alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan shu sababli talaba-yoshlarni ma’naviyat kunlarida ularni tariximiz bilan yanada yaqindan tanishtirish uchun E.Jurayev muzeyga olib bordi. Mazkur sayohat maroqli kechdi. Talabalar muzeydagi bebaho eksponatlar bilan tanishib, zavq bilan tomosha qildilar. Talabalar orasida ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmatni shakllantirib borishda mana shunday tashriflar institutimiz tomonidan tez-tezdan tashkillashtirilib kelinmoqda. 35-KI-19 guruhi talabalari muzeyni tomosha qilib, esdalik uchun rasmlarga tushishdi. Kelgusi vaqtlarda bunday sayohatlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.